(+99871) 231-67-82
info@uml.uz
2024-yil davomida kelib tushgan murojaatlar soni:
Og`zaki murojaatlar: 2
Telefon / faks orqali: 1
Korporativ web-sayt / e-mail orqali 1
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali: 0
Boshqa usullari orqali: 1
Umumiy soni: 5
Ko’rib chiqilmokda: 2
Javob yuborildi: 3

Obuna bo'lish

Saytning eski varianti

old site

Без категории

Joriy yilning 23-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisi bo’lib o’tdi. Majlisda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi. Yig`ilishda Hukumat a`zolari, idoralar va tashkilotlar rahbarlari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, mahalliy va chet el ommaviy axborot vositalarining muxbirlari qatnashdi. Qo’shma majlis a`zolari oldida chiqish qilgan Davlat rahbari bundan 10 yil oldin tarkibida deputatlar doimiy ravishda, professional asosda ishlaydigan Qonunchilik palatasi va shuningdek, hududiy vakillardan iborat qonunchilik organi bo‘lmish Senat faoliyat ko’rsatadigan ikki palatali parlamentni tashkil etish maqsadi to’liq ro’yobga chiqqanligini ta`kidlab o’tdi. Natijada qabul qilayotgan qonunlarimiz sifati sezilarli darajada oshdi, mintaqalar, tarmoqlar va davlatning umumiy manfaatlari mutanosibligi tobora samarali ta`minlanmoqda.

Batafsil...

 Joriy yilning 4 martida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Markaziy bank boshqaruvining “Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo'lish tartibi to'g’risidagi nizomga o'zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi qarori davlat ro'yhatidan o'tkazildi (ro'yhat № 1859, 24.09.2008 y.).

Batafsil...

24 апреля 2015 г. принят Указ Президента Республики Узбекистан №УП-4720 «О мерах по внедрению современных методов корпоративного управления в акционерных обществах».

Целью Указа является создание  благоприятных условий для широкого привлечения прямых иностранных инвестиций, коренного повышения эффективности деятельности акционерных обществ, обеспечение их открытости и привлекательности для потенциальных инвесторов, внедрение современных методов корпоративного управления, а также усиление роли акционеров в стратегическом управлении предприятием.

Batafsil...

Постановлением Президента Республики Узбекистан от 31.03.2015г. №ПП-2327 создана Комиссия по повышению эффективности деятельности акционерных обществ и совершенствованию системы корпоративного управления.

Целью создания данной Комиссии является расширение привлечения иностранных инвестиций, дальнейшее повышение эффективности управления государственными активами, совершенствование деятельности акционерных обществ с госдолей, внедрение в республике современных методов корпоративного управления.

Batafsil...

 

2014 yilda jismoniy shaxslarning mol-mulk solig`i stavkasi bo’yicha o’zgarishlar to’g`risida tushuncha bersangiz?

2014 yildan boshlab jismoniy shaxslarga tegishli bo’zlgan turar joylarga, kvartiralar (shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m.dan oshiq bo’'lganlari bundan mustasno), dala hovli qurilmalari, garajlar va boshqa imoratlar, xonalar va inshootlarga -1,2 foiz, shaharlarda joylashgan umumiy maydoni 200 kv. m dan oshiq va 500 kv.m.gacha bo'lgan bo'lgan turar joy va kvartiralarga -1,4 foiz, 500 kv.m.dan oshiq bo’lgan turar joy va kvartiralarga -1,8 foiz miqdorida mol-mulkning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan soliq stavkasi qo’llaniladi. (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 dekabrdagi PQ-2099-sonli qarorining 18 ilovasi).

Korxonamning bankdagi xisob raqamini menga qulay bo’lgan va mening korxonam joylashgan viloyat hududidagi istalgan tijorat banklarida ochishim mumkinmi yoki faqatgina korxonam davlat ro’yxatdan o’tgan hududda joylashgan tijorat banklardami?

“O’zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to’g`risidagi” Yuriqnomaning (ro’yxat raqami 1948, 2009-yil 27 -aprel) 3-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq, ulgurji savdo korxonalari-yagona soliq to’lovi to’lovchilari (ulgurji dorixona tashkilotlari, ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-idoralar bundan mustasno) milliy valyutadagi asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlarini ular yuridik shaxs sifatida davlat ro’yxatidan o’tgan tuman (shahar)dagi tijorat banklari va (yoki) ularning filiallarida ochishlari lozimligi belgilangan.

Pullar qanday hollarda to’lovga yaroqsiz hisoblanishi to’g`risida batafsil ma`lumot bersangiz?

Markaziy bankning Adliya vazirligida 2008 yil 27 iyunda 1831-son bilan ro’yxatga olingan “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo’riqnoma”da «so’m»ning to’lovga yaroqlilik belgilarni aniqlash qoidalari belgilangan. Xo’jalik yurituvchi sub`ektlar quyidagi banknotlarni moneliksiz to’lovga qabul qilishlari va tushum puli sifatida banklarga topshirishlari lozim: a) har qanday qismida teshik yoki yirtilishlar, siyqalanishlar, dog`lar, qalam, siyoh va flomaster bilan yozilgan yozuvlari mavjud bo’lgan pullar; b) yirtilgan va elimlangan pullar, agar pulning ikkala qismi shak-shubhasiz bitta banknotga tegishli bo’lsa; v) bo’yoq moddalari va kislota to’kilgan, tabiiy rangi o’zgargan, kuygan, bo’yalgan yoki chizilgan pullar; g) shikastlanish turi va joylashishidan qat`i nazar, banknot to’liq hajmining 55 foizidan kam bo’lmagan qismi saqlanib qolingan pullar. Shikastlanish turidan qati nazar (shakli buzilgan, pachoqlangan, siyqalangan, teshilgan, qirqilgan, sindirilgan, ishqorga solingan, biror bir metall bilan payvandlangan, olovda eritilgan, ko’karib va qorayib ketgan) o’zining to’la hajmini va old tarafidagi qiymati tasvirini saqlab qolgan hamda haqiqiyligiga shubha tug`dirmaydigan metall tangalar to’lovga yaroqli hisoblanadi. Shikastlangan pullar “eskirgan” pullar toifasiga kiritilib banklar tomonidan ular shu qiymatdagi to’lovga yaroqli pullarga almashtirib beriladi.